OTA-ONALAR UCHUN SEMINAR TRENNING
06.02.2025
Fargʻona viloyati Toshloq tumani MMTBga qarashli 13- umumiy o’rta ta'lim maktabining amaliyotchi psixologi Zulayho Xasanova tomonidan "Ota- aql, ona - idrok" mavzusida ota-onalar uchun seminar trenning tashkil qilindi. Seminarda ota-onalar bilan "Qiziqarli tanishuv", "Maktabga munosabatingiz...", "Farzandingizni qay darajada bilasiz?", "Farzandingizni koʻzlaridan taniy olasizmi?" kabi qiziqarli trenning mashg’ulotlar o’tkazildi. Mashg’ulotlar ota-onalarga yuqori kayfiyat bag’ishladi.